10:12 / 17.09.2015
4071

Iroqda vabo epidemiyasi boshlandi

Iroqda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, qayd qilingan 12 holatning 3tasi Bag‘dod viloyatida, 9tasi Najaf viloyatida ro‘yxatga olingan. Bunda Dyujarrik Xalqaro sog‘liq tashkiloti ma'lumotlariga tayanayotganini ta'kidladi.
Barcha xastalarning ahvoli barqaror bo‘lib, ular davolanmoqda. O‘lim holatlari qayd qilinmagan.

2007 yilda Iroqda toza suv tanqisligi oqibatida vabo tarqalgan edi. O‘shanda 7 ming kishi kasallanib, 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

Top