Sport | 23:43 / 17.09.2015
3459
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu Martin Skorsezening “Manipulyator” filmida suratga tushishi mumkin

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Martin Skorsezening “Manipulyator” filmida epizodik rol ijro etishi mumkin.

Film “Kulrangning 50 tusi” romanidagi Kristian Greyning prototipi bo‘lgan deb hisoblanadigan millioner Alessandro Protoning hayoti haqida bo‘ladi. Ronalduga hozirda avval Protoga tegishli bo‘lgan “Tramp-tauer” binosidagi appartamentlar tegishli bo‘lib, Skorseze filmni o‘sha yerda suratga olishni rejalashtirgan edi.

Rejissyor suratga olishga ruxsat berganiga minnatdorchilik sifatida futbolchiga epizodik rol bermoqchi.