19:17 / 17.09.2015
2799

Lavrov: Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqda barqarorlik tarafdori

Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqni barqaror va demokratiya hukm suradigan hududga aylantirish tarafdori. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov turkiyalik hamkasbi Faridun Sinirlio‘g‘li bilan Sochidagi uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Biz bir qator o‘tkir masalalar, jumladan, Suriya bo‘yicha o‘zaro fikr almashishni samarali yo‘lga qo‘yganmiz. Yondashuvdagi ayrim farqlarga qaramay, maqsadlarimiz umumiy. Umumiylik shundaki, biz mintaqani demokratik va barqaror ahvolda ko‘rmoqchimiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Shuningdek, u joriy yilda ikki tomonlama oliy darajadagi kelishuvlar imzolanishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top