15:41 / 17.09.2015
7066

Liviya hukumati Rossiya bayrog‘i ostidagi tankerni qo‘lga oldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida Rossiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan "Mexanik Chebotarev" nomli neft tashuvchi tanker to‘xtatilgan. Bi-bi-si nashri tarqatayotgan xabarga ko‘ra, tanker ichida 12 kishi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Oil Marine Group kompaniyasiga tegishli ushbu tanker Maltadan yo‘lga chiqqan va Liviyadagi Zuara portiga ketayotgan bo‘lgan.

Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, tanker ayni vaqtda Tripoli shahrida turibdi, ekipaj a'zolarining hujjatlari va telefonlari olib qo‘yilgan.

"Ekipaj a'zolari kemani tark etmagan. Ularning qo‘yib yuborilishi yoki hibsga olinishi bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘q", deyiladi kompaniya xabarida.

Rossiya TIV bu borada muzokaralar boshlagani aytilgan.

Qayd etish kerakki, Liviyada Muammar Kaddafi rejimi ag‘darilganidan keyin islomiy kuchlar hokimiyat tepasiga kelgan.

Top