Jahon | 23:59 / 17.09.2015
5002
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada ushlangan Rossiya tankeri Misratga yetkazildi

Liviyada ushlangan Rossiyaning “Mexanik Chebotarev” tankeri Misratga yetkazildi, deb ma'lum qildi RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Tripoli porti kemalar bilan to‘lib yotgani tufayli Rossiya tankeri Misrat portiga jo‘natildi”, deb aytdi Liviya harbiy-dengiz floti bosh shtabi rasmiy vakili polkovnik Ayyub Qosim.

Harbiy kema ekipaji hali so‘roq qilinmagani, biroq buni amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.

Avvalroq liviyalik harbiylar tankerni neft kontrabanda qilishda gumon qilib hibsga olgan edilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish