Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada 1000 dan ziyod haj ziyoratchilari yong‘in tufayli evakuatsiya qilindi
Makkada 1000 dan ziyod osiyolik haj ziyoratchilari 17 sentabr ertalabki payt mehmonxonalardan birining 8-qavatida kuchli yong‘in chiqqani tufayli evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni Fuqarolik mudofaasi.
Fuqarolik mudofaasining ma'lumotlariga ko‘ra, osiyolik 1208 nafar ziyoratchi Az-Aziziya tumanidagi mehmonxonadan evakuatsiya qilindi.
Ikki nafar odam jabrlandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Rasmiy hukumat yong‘inning sabablari haqida va evakuatsiya qilingan ziyoratchilar haqida hech qanday ma'lumot bermayapti.
Bu hol joriy yilda haj mavsumida ziyoratchilarga ziyon yetgan ikkinchi holat bo‘lmoqda. 11 sentabrda qurilish kranining “Al-Harom” masjidiga qulashi oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi.
Shu yilning iyulida masjidning tomida chiqqan yong‘in tufayli 5 kishi jabrlangan.