Sport | 19:36 / 17.09.2015
2694
2 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Yunayted" yangi aksiyalar chiqarish orqali 400 mln dollar daromad olmoqchi

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi egalari jamoaning yangi aksiyalarini chiqarish orqali qo‘shimcha 400 mln dollar daromad qilmoqchi. Bu haqda AR xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, qimmatbaho qog‘ozlar komissiyasi va AQSh birjasi ingliz klubiga yana 24 mln dona aksiya chiqarishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, "MYu" aksiyalari 3 yildan beri Nyu-Yorkdagi fond birjalarida sotilib kelinadi.

The Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, yangi mavsum oxirida "MYu"ning daromadlari rekord darajada bo‘lishi kutilmoqda. Bunday ko‘rsatkichga Adidas komandasi bilan shartnoma (750 mln dollarlik) va jamoaning YeChLdagi ishtiroki orqali erishiladi.

17 sentabr kuni "MYu" 2014-15 yillar mavsumi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini e'lon qildi. Bu hisobotga ko‘ra, jamoa o‘tgan mavsumdan zarar bilan chiqqan. Buning sababi "MYu" 2013-14 yillar mavsumini muvaffaqiyatsiz o‘tkazgani, 7-o‘rinni olgani uchun keyingi mavsumda yevrokuboklarda qatnashmagani hisoblanadi. O‘tgan mavsum hisobotiga ko‘ra, jamoa daromadi 395,2 mln dollarni tashkil qilgan, bu esa 1,2 mln dollar zararni ko‘rsatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish