Jahon | 07:11 / 17.09.2015
2046
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu 9 noyabr kuni Obama bilan uchrashadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQShga boradi. Qayd etilishicha, u shu yilning 9 noyabr kunida AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Oq uyga asoslanib, Reyter xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bu uchrashuvda tomonlar Eron yadro dasturi bo‘yicha hamda Isroil-Falastin munosabatlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Biroz oldinroq, Netanyahuning 21 sentabr kuni Moskvaga borishi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi xabar qilingandi.

U Putin bilan Suriyadagi vaziyat bo‘yicha gaplashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish