22:42 / 17.09.2015
2771

Noqonuniy muhojirlarga xizmat ko‘rsatib kelgan firma egalari soliq yashirganlikda ayblanib jarimaga tortildi

60 yoshga yaqinlashib qolgan fuqarolar Qodir Ohunov, Husan Ilhomov va Fayoz G‘ofurovlar tomonidan chet elga mehnat muhojiri sifatida ketayotgan insonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan firma noqonuniy daromad olishda ayblanib yopildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, yuqorida tilga olingan shaxslar chet elga ketayotgan insonlarni o‘zlariga tegishli avtoulovda G‘ishtko‘prik postigacha olib borib qo‘yish bilan shug‘ullanib kelishgan. Ammo ularning faoliyati hujjatlar asosida olib borilmay, ko‘pgina huquqiy aktlarga zid kelardi.

2015 yil aprelida DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida korxona idorasidan 39 varaqli ikkilamchi daromadlar daftarchasi topildi. Undan 2013-2015 yillar davomida yuqoridagi shaxslar o‘z faoliyatlaridan 57 mln so‘m daromad olgani, ammo bu pullar soliqqa tortilmagani ma'lum.

Sud javobgarlarning yoshi, muqaddam sudlanmagani va oilaviy ahvolini inobatga olib ularga nisbatan jarima jazosini qo‘llashni ma'qul topdi.

Top