Jahon | 16:45 / 17.09.2015
1857
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyaning gaz eksportidan olgan daromadlari birinchi marta neft daromadlaridan oshib ketdi

Oxirgi 12 oy ichida Norvegiya neftdan ko‘ra ko‘proq gaz eksport qildi, bu qirollik tarixida birinchi bor kuzatilmoqda.

“Dagens neerinsliv” gazetasining yozishicha, 2014 yil avgustidan 2015 avgustigacha Norvegiya kompaniyalarining gazdan olgan daromadi 28.5 mlrd dollarni tashkil qilgan holda, neft eksportidan ular 26.6 mlrd dollar ishlab topgan.

Nordea Markets xalqaro konsalting kompaniyasi tahliliy bo‘limi boshlig‘i Tina Saltvedtning ta'kidlashicha, bu barcha uchun kutilmagan hol bo‘lgan va neft narxining jahon miqyosida tushishi bilan tushuntiriladi.

“Bu uzoq muddatli trendning boshlanishi, negaki gaz yetkazish hajmlari o‘smoqda, neft eksporti esa barqaror bo‘lib qolmoqda, - dedi mutaxassis. – Bundan tashqari, Yevropa bozorida neftga nisbatan gaz kattaroq salohiyatga ega”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish