Jahon | 10:06 / 17.09.2015
6620
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQShga muammolarni Rossiya yoki Xitoy emas, o‘zi tug‘diradi

AQShga muammolarni Rossiya yoki Xitoy emas, o‘zi tug‘diradi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama “Yirik biznes stoli” tashkiloti konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Bizning muammoimiz Xitoy muzokaralardan bizdan ustun kelishida yoki Putin strategiyasi biznikidan yaxshiroq ekanligida emas, - dedi prezident. – Muammo bizning o‘zimizda. Biz o‘zimizga o‘zimiz ziyon keltiramiz”.

Misol tariqasida u Kongress federal byudjyetni qabul qilmasa, 1 oktabrdan hukumat ishi to‘xtab qolishini keltirdi.
“Buning oldini olish mumkin”, - ta'kidladi Obama.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish