Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari “O‘quv jadvali” axborot tizimini ishlab chiqishdi
Toshkent axborot texnologiya universiteti xodimlari “O‘quv jadvali” axborot tizimini ishlab chiqishdi. O‘zbekiston intellektual mulk agentligining xabar berishicha, mazkur dastur ta'lim muassasalarida dars jadvalini tuzish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.
“Dastur vazifasi “Guruhlar” ma'lumotlar bazasidagi yozuvlarni tahrir qilish, “Fanlar” ma'lumotlar bazasida fanlar joyini o‘zgartirish, auditoriya va o‘qituvchilar ism-shariflarini yangilashni ta'minlashdan iborat.
Qidiruvlar quyidagi: o‘qituvchining ism-sharifi, auditoriya raqami, fan nomi, guruh raqami; guruhlar uchun bir haftalik dars jadvallarini tuzish; guruhlar uchun dars jadvalini muayyan fan bo‘yicha tuzish mezonlari asosida olib boriladi. Dastur oliy va o‘rta maxsus ta'lim muammolari sohasida qo‘llaniladi”, – deya qayd etdi agentlik.
