Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:33 / 17.09.2015
2910
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Avstraliyaning sobiq bosh vaziriga islohotlar bo‘yicha maslahatchilikni taklif qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Toni Ebbott bilan telefon muloqoti chog‘ida unga islohotlar bo‘yicha xalqaro konsultativ kengashga qo‘shilishni taklif qildi. Bu haqda prezidentning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Shuningdek, Poroshenko Ebbottga Avstraliya xalqi doimiy ravishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlab kelgani uchun minnatdorchilik bildirdi.