01:24 / 17.09.2015
3021

Pranker Leksus Dmitriy Peskovdan Elton Jon bilan uning nomidan gaplashgani uchun uzr so‘radi

Pranker Leksus Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan britaniyalik mashhur xonanda Elton Jon bilan uning nomidan gaplashgani uchun uzr so‘radi, deb xabar bermoqda RSN nashri.

“Bu suhbat uchun boshqa odamni topa olmadim va shuning uchun Peskov nomidan telefon qilishga qaror qildim, bu men tomondan albatta yaxshi ish bo‘lmadi. Men bu qilmishim uchun undan uzr so‘ramoqchiman”, deb aytdi Leksus.

Uning aytishicha, u Elton Jon bilan ingliz tilida gaplashgan.

Avvalroq Vovan laqabi bilan taniqli bo‘lgan pranker Vladimir Krasnov Elton Jonni aldab, u bilan Vladimir Putin nomidan gaplashganini tan olgan edi. Krasnovning aytishicha, u buni hamkasbi, Leksus laqabli pranker Aleksey Stolyarov bilan birga amalga oshirgan.

15 sentabrda Elton Jon o‘zining instagramida Vladimir Putin bilan gaplashganini ma'lum qilgan. Qo‘shiqchi o‘zining bu xabariga Putinning suratini ilova qilib qo‘ygan

Top