Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:36 / 17.09.2015
11607
1 daqiqa o‘qiladi
Qodirov: Kiyev yo‘lida meni hech kim to‘xtatmaydi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining Ukraina sanktsion ro‘yxatiga kiritilishiga munosabat bildirib o‘tdi.
“Ukrainaga doimiy safarlar va ularning banklarisiz qanday yashayman, degan savol meni qiynayapti”, - deb yozdi u Instagram’dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu sanksiyalar “sovun ko‘pigiga o‘xshaydi va hech qanday ahamiyat kasb etmaydi”.
“Kiyevda hisoblarim yo‘q, u yerga borgim kelsa, meni hech kim to‘xtata olmaydi”, - xulosa qildi Qodirov.