15:32 / 17.09.2015
2691

Qozog‘istonda 18 nafar suriyalik qochqin borligi aytildi

Ayni kunlarda Qozog‘istonda 18 nafar suriyalik qochqin istiqomat qilib kelmoqda. Bu haqda mamlakat IIV migratsion politsiya departamenti axborot berdi.

Aytilishicha, ayni paytda mamlakatda jami 683 kishi yoki 142 oila qochqinlik maqomiga ega. Xabarnomada ta'kidlanishicha, qochqinlar mamlakatlarda hech qanday cheklovlarsiz yashab kelmoqda, ularga nisbatan bosim o‘tkazilish hollari kuzatilmagan. Bundan tashqari, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Top