Jamiyat | 12:37 / 17.09.2015
15435
1 daqiqa o‘qiladi

Qustanay viloyati hokimining ismi Putinning diqqatini tortdi

16 sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahriga Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi tashrif buyurdi va XII Rossiya va Qozog‘iston mintaqaviy hamkorligi forumida ishtirok etdi.

Ushbu forum doirasidagi uchrashuvda ishtirok etgan Putin qozog‘istonliklar delegatsiyasi tarkibidan o‘rin olgan Qustanay viloyati hokimi Arximed Muxambetovning ismini o‘qiy turib, ikkilanib qoldi.

"Qustanay viloyati, Arximed Begejanovich. Arximedmi, Arximed, ha?", deydi Putin unga so‘z berish asnosida hayratlanib.

Ma'lumot uchun, Arximed Muxambetov 4 yil Akto‘be viloyatini boshqargan, shu yilning 11 sentabr kunidan boshlab, Qustanay viloyati hokimi vazifasini bajarishga kirishgandi.