Jahon | 17:18 / 17.09.2015
6984
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Suriya armiyasi Rossiya qurol-yarog‘laridan foydalanishni boshladi

Suriya armiyasi Rossiya tomonidan yetkazilgan havo va yer usti qurollarining yangi namunalaridan foydalanishni boshladi, deya xabar bermoqda Reuters harbiylarga yaqin axborot manbasiga asoslangan holda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar bir necha hafta muqaddam maxsus tayyorgarlikdan so‘ng Rossiya qurollaridan foydalanishni boshladi

Qurollarning aynan qanday tur va modelidan foydalanilayotgani xabar qilinmadi, biroq axborot manbasi ularning “samarali va juda aniq” ishlashini ta'kidladi.

Avvalroq Suriya hududida joylashgan aviabazada 4ta nechta rus vertolyotlari borligi aniqlangani xabar qilingan edi. Ushbu vertolyotlarning aviabazada qachon paydo bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish