Jahon | 18:29 / 17.09.2015
3402
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi pedagogika universiteti olimlari sun'iy teri ixtiro qilish arafasida

Rossiyalik olimlar inson terisining ilk o‘xshashini yaratish arafasida. 2016 yildan ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ulyanov davlat pedagogika universiteti olimlari teri hujayralarini yetishtirish ustida ish olib borishni boshlashdi. Dastlabki “sun'iy teri” mahsuloti 2015 yildan olinishi rejalashtirilgan.

“Inson terisi o‘rnini to‘liq egallovchi mahsulotni darhol olish qiyin. Shuning uchun biz mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishni ikki — dastlabki va kelgusidagi bosqichlarga ajratdik. Ayni paytda inson terisi tolalari darajasidagi hujayraviy mahsulotni olish ishlari olib borilmoqda”, – dedi professor Yelena Antonova.

Uning aytishicha, mazkur mahsulot yetarlicha keng tarqalgan bo‘lib, kosmetologiyada turli teri qoplamalari jarohatlarini davolashda, shuningdek, har xil ilmiy tadqiqotlar modeli sifatida qo‘llaniladi.

Olimlar o‘zak hujayralaridan teri hujayralarini yetishtirib, tibbiyot muassasalari uchun turli xil jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniluvchi material sifatida taqdim etishadi. Ulardan shifoxonalarda terining kuyish, yara, mexanik jarohatlarini davolash, kosmetologiya, farmatsevtika muassasalariga esa sinov-tizim o‘rnida qo‘llanilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish