Jahon | 01:18 / 17.09.2015
2101
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya Vengriyada muhojirlarga qarshi devor qurilayotgani sababli bu mamlakatdagi elchisini chaqirtirib oldi

Ruminiya Budapeshtning Vengriyada muhojirlarga qarshi chegara bo‘ylab devor qurilishi davom etishi haqidagi so‘zlaridan keyin o‘zining bu mamlakatdagi elchisini chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Qayd etilishicha, Vengriya hukumatining bunday qarori muhojirlar oqimini ushlab turish istagi bilan bog‘lanmoqda.

Ma'lum qilinishicha, chegaraga vengriyalik askarlar, politsiya va muhandislar tortilmoqda, ular Serbiya bilan chegarada o‘rnatilgan to‘siqlarga qo‘shimcha yangi metall to‘siqlar o‘rnatish bilan shug‘ullanishadi.

Avvalroq Vengriya muhojirlar Serbiya orqali G‘arbiy Yevropaga boradigan odatiy yo‘lni o‘zgartirishga qaror qilsalar, Ruminiya bilan chegarasida to‘siq qurishi ma'lum qilingan edi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish