20:44 / 17.09.2015
4815

Sanitariya-gigiyena laboratoriyalarining jihozlanishi zamonaviy talablarga javob bermaydi

Davlat sanitariya va epidemiologiya xizmatiga qarashli 157 sanitariya-gigiyena laboratoriyalarining jihozlanishi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shu bois ular zamonaviy asbob-uskuna bilan ta'minlanadi.

Aytilishicha, uskunalar sog‘liqni saqlash vazirligining Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi loyihasi doirasida xarid qilinadi.

Ayni paytda vazirlik laboratoriya binolarida zamonaviy texnologiya montajini o‘tkazish ishlariga hozirlik ko‘rmoqda. Ushbu jarayonda Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi markazlar binolari ta'mirdan chiqarildi, 131 laboratoriyada suv ta'minoti muammosi hal qilindi, 128tasida kanalizatsiya, 131tasida isitish tizimi ta'mirdan chiqarildi.
Shu bilan birga, laboratoriyalar mebel va shkaflar bilan ta'minlanmoqda.

Top