19:12 / 17.09.2015
9725

Saudiya Arabistoni halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan yordam ko‘rsatadi

Saudiya Arabistoni Makkadagi baxtsiz voqea oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan moddiy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.

Shuningdek, aytilishicha, ular har ikki yilda Haj ziyoratini Saudiya byudjyeti hisobidan amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, bu hodisa oqibatida halok bo‘lgan 111 kishining oilasiga 1 mln riyoldan moddiy yordam ko‘rsatilishi ma'lum qilinmoqda. Jarohat olganlarga 500 ming riyoldan to‘lanadi.

Qirol Abdulaziz Salmon bin as-Saud bu boradagi farmonni kecha e'lon qildi. Hujjatda aytilishicha, jabr ko‘rganlarga to‘lovlar tegishli organlar tomonidan yetkazib beriladi.

Top