Jahon | 10:14 / 17.09.2015
3054
1 daqiqa o‘qiladi

Save the Children: Suriyadagi 2 milliondan ziyod bola bu yil maktablarga bora olmaydi

Bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Save the Children xalqaro insonparvarlik tashkiloti 2 mlndan ziyod bola hamon Suriyada qolayotganini hisoblab chiqib, ularning bu yil maktablarga bora olmasligini ma'lum qildi. Bu haqda VVS xabar berdi.

Urush boshlangan 2011 yildan buyon Suriyadagi 4 mingdan ziyod maktab binosi havodan berilgan zarbalar nishoniga aylandi, o‘qqa tutildi yoki portlatib yuborildi.

Navbatdagi o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan tadqiqot Suriyadagi ta'lim tizimi halokatli holga kelganini ko‘rsatdi.

Suriyaliklarning Yevropaga qochib o‘tishiga eng asosiy omillardan biri ham aynan farzandlari taqdiridan xavotirda ekanidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish