Jahon | 08:23 / 17.09.2015
7104
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi harbiy bazada Rossiya vertolyotlari aniqlandi

Suriya hududida joylashgan aviabazada bir nechta rus vertolyotlari borligini aniqlashgan. Bu haqda amerikalik harbiylarga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Manbalarning birida aytilishicha, bu aviabazada 4ta rus harbiy vertolyoti joylashgan. Bu vertolyotlar aviabazada qachon paydo bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Biroz oldinroq, Rossiya Bosh shtabi Suriya hududida Harbiy havo kuchlari uchun baza qurish rejalashtirilmagani haqida aytilgandi.

O‘z navbatida Pentagon Suriyaning Latakiya viloyatida rus texnikalari paydo bo‘layotgani bu hududda Rossiya harbiy bazasi qurilishi bilan yakunlanishidan darak berishini taxmin qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish