Jamiyat | 21:31 / 17.09.2015
2272
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandlik kursantlarni “tarbiya maqsadlarida” o‘z smartfonlarini sindirishga majbur qilishdi

Tailanddagi harbiy ta'lim dargohlaridan birida kursantlarni “tarbiyalab qo‘yish” uchun ular o‘z smartfonlarini sindirishga majbur qilindi. Bu haqda AP agentligi darak bermoqda.

Aytilishicha, bir guruh kursantlar darslar chog‘ida o‘quv binosiga smartfonlarini olib kirgani bois mana shunday jazoga tortilgan.

Voqea joyida suratga olingan video “Askar chidashi kerak” nomi bilan internetga joylashtirildi. Unda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari bir qator bo‘lib turib o‘z telefonlarini yerga qo‘yib, ularni beton bloklari bilan urib sindirishlari aks etgan.
Rolikni ko‘rgan tomoshabinlar bunday jazoning juda qattiqligini iddao qilib, zobitlarni bundan buyon mashqlar chog‘ida telefonlarni terib olishga chaqirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish