Jahon | 08:14 / 17.09.2015
2066
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeanida ro‘y bergan zilziladan keyin Chili, Peru va Ekvadorga sunami xavf solmoqda

17 sentabrga o‘tar kechasi Chili qirg‘oqlari yaqinida ro‘y bergan zilzila katta talafotlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tinch okeani markazi kuchli sunami xavfidan ogohlantirmoqda.

Xabarda aytilishicha, bu kuchli zilzila tufayli yuzaga keladigan sunami 3 metr balandlikda Chili hududiga kirib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday sunami Peru va Ekvadorga ham ta'sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Biroz oldinroq, Chili qirg‘oqlari yaqinida 7,9 balli zilzila qayd etilgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish