19:15 / 17.09.2015
2490

TIV: BAA ixtilof boshlanganidan buyon 100 ming suriyalikni qabul qildi

Suriyada 2011 yilda qonli ixtilof boshlanganidan buyon BAA ushbu mamlakatdan 100 mingdan ortiq kishini qabul qilgan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri doktor Anvar Muhammad bin Gargash aytib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, Suriyadagi voqealar butun arab dunyosining xavfsizligiga tahdid solmoqda, shu bois unga umumiy muammo sifatida yondashish talab etiladi.

Gargashning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi to‘rt yil davomida BAAga kamida 101 364 Suriya fuqarolari tashrif buyurgan.

Top