17:50 / 17.09.2015
8031

Tojikiston bosh prokuraturasi: Nazarzodaning xorijlik homiylari bor edi

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzodani chet eldan moliyalashtirib turgan manbalar bo‘lgan. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi bayonotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Tojikistondagi vaziyatni beqarorlashtirish rejasi o‘tgan yilning avgustida tuzilgan. “Buning uchun Nazarzoda o‘zining chet eldagi homiylaridan kattagina moliyaviy resurslar olgan”, - deyiladi hujjat matnida.

Kecha mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi strukturalari vakillari Nazarzodaning o‘ldirilganini tasdiqladi.

Romit tog‘larida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida o‘ldirilgan 8 jangarining ichida isyonchi generalning ham bo‘lgani e'tirof etilmoqda.

Top