20:56 / 17.09.2015
16239

Xorazm viloyatida fosh etilgan ekstremistik guruh a'zolariga qamoq jazolari tayinlandi

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari Xorazm viloyatida odamlarni "IShID" tashkiloti safiga yollashni maqsad qilgan shaxslar guruhini fosh etishgandi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu guruh salafizm va jihodchilik g‘oyalarini asos qilgan holda O‘zbekistondagi konstitutsion hukumatni o‘zgartirishni maqsad qilgandi.

Xorazm viloyati Jinoiy sudi qaroriga ko‘ra, ushbu guruh boshlig‘i Uluhbek Olimovga 18 yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningldek, guruh a'zolari bo‘lgan Zafar Xudoyberganov 14 yil, Abdusharif Xudoyberdiyev 11 yil, Zarifboy Otaniyozov 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolangan.

Bundan tashqari, ushbu guruh a'zolari tomonidan yollangan Otayevga 6 yillik, Bobonazarov va Sharipovga 5,5 yildan qamoq jazosi belgilangan.

Top