08:02 / 17.09.2015
2735

Yaman bosh vaziri va 7 nafar vazir mamlakatga qaytib kelishdi

Yaman bosh vaziri Xolid Baxa va 7 nafar vazir bir necha oy davom etgan qochqinlikdan keyin Adan shahriga qaytib keldi.

"Bosh vazir va boshqa vazirlar Adanda doimiy ravishda qolishadi", deb ma'lum qilingan Yamanning qonuniy hukumati rasmiy saytida.

Mamlakatning qonuniy prezidenti Abd-Rabbu Mansur Xodiy esa shu yilning martida isyonchi husiychilar hokimiyatni o‘z qo‘liga olganidan keyin Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan boshpana topgandi.

Ayni vaqtda husiychilar Adandan siqib chiqarilgan. Lekin shaharda tartibsizlik hukm surmoqda. Iyul oyida shaharda 300 nafarga yaqin politsiyachi ishni qayta boshlagan va ularga saudiyaliklar yordam berishmoqda.

Top