10:00 / 17.09.2015
2658

Yaponiya muxolifati mudofaa kuchlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqib, parlamentni qurshovga olmoqda

Bugun ertalabdan Tokioda mudofaa kuchlarining vakolatlarini kengaytiruvchi qonun loyihasining qabul qilinishiga qarshi bo‘lgan minglab odamlar parlament binosi oldida to‘planib, o‘z noroziligini urushga qarshi shiorlar va transparantlar bilan ifodalamoqda.

Qonun loyihasi Ikkinchi Jahon urushidan buyon birinchi marta milliy armiyaga Yaponiyaga bevosita tahdid solinmagan taqdirda ham boshqa mamlakatlar “himoyasi”da ishtirok etishga imkon beradi. Bu loyiha parlament yuqori palatasining maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganilib, tasdiqlanish arafasida turibdi. Lekin bunday qarorning qabul qilinishiga qarshi muxolifat bor kuchlarini ishga solmoqda.

Aytilishicha, komissiyadagi bahslar juda keskin tarzda bormoqda, muxolif kuchlar qonun loyihasining qabul qilinishini imkon qadar ortga surishga intilmoqda.
Bosh vazir Sindzo Abe o‘z kabineti a'zolari bilan majlislar zalida bo‘lishiga qaramay, muxolifat vakillari bilan bahsga kirishmayapti.

Top