Sport | 17:55 / 17.09.2015
3286
2 daqiqa o‘qiladi

"Zenit-Arena" stadioniga yil davomida haroratni 21 daraja issiqlikda ushlab turuvchi tizim o‘rnatildi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati finali o‘tkaziladigan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Zenit-Arena” stadioniga yilning har qanday vaqtida ushbu gumbaz ichki qismidagi havo haroratini 21 daraja atrofida ushlab turuvchi tizimni o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu haqda jurnalistlarga shahar qurilishi bo‘yicha qo‘mita raisi Mixail Demidenko xabar berdi.

“Biz 5 mln kub metr isitilgan havoni tayyorlash va uni stadion gumbaziga uzatishga tayyormiz. Mazkur jarayonni ta'minlovchi energetik markaz shay holatga keltirildi”, – dedi Mixail Demidenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda harakatlanuvchi tom qismlarini yig‘ish, o‘rindiqlarni o‘rnatish, 7 ming tonna og‘irlikdagi g‘ildirakli futbol maydonini montaj qilish, tashqi muhandislik tizimlariga ulash va ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda.

2006 yilda qurilishi boshlangan obektning umumiy qiymati 34,9 mlrd rublni tashkil etib, asosiy qurilish-montaj ishlari 2016 yilning may oyida yakunlanishi belgilangan. Unda 68 ming tomoshabin futbol o‘yinini kuzatishi mumkin. Shuningdek, g‘ildirakli futbol maydoni olib tashlansa, boshqa marosimlarda 80 ming nafargacha kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 shahridagi 12 stadionda o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish