O‘zbekiston | 15:48 / 18.09.2015
3193
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilga qadar O‘zbekistonda mobil operatorlar asosiy stansiyalari soni 12 barobarga ko‘payadi

2020 yilga qadar O‘zbekiston mobil operatorlari asosiy stansiyalari sonini 6 mingtaga yetkazmoqchi. Bu haqda axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi vakili Toshkentda o‘tayotgan IKT sammitida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, asosiy urg‘u 3G, 4G va LTE texnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatish hajmini va sifatini oshirishga qaratiladi.
“2014 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatda 500dan ortiqyangi asosiy stansiyalar o‘rnatilgan edi, mobil aloqa abonentlari soni esa 20 mln ga yetdi, sohada xizmat ko‘rsatish hajmi 26 foizga o‘sdi», — uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.

Aytilishicha, bu aholini yangi turdagi aloqa va internet xizmatlari bilan to‘la qoplash imkoniyatini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish