19:44 / 18.09.2015
2633

AQSh Kubaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi

AQSh navbatdagi marta Kubaga qarshi sanksiyalarni yumshatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda AQSh moliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali ma'lum qilmoqda.

Transport, telekommunikatsiya, internet-xizmat va pul o‘tkazmalar sohalaridan cheklovlar olindi.

“Bu AQSh ma'muriyatining Kuba xalqi uchun samarali o‘zgarishlarni ilgari surish istagini ta'kidlaydi. Tartibga solishdagi bu o‘zgarishlar joriy yilda amalga oshirilgan ilgarigi qayta ko‘rishlarga asoslangan va Kubada sayohatlar, telekommunikatsiya, internet-xizmat, biznes va pul o‘tkazmalariga aloqador bo‘lgan sanksiyalarni yanada yengillashtiradi”, deb ta'kidlab o‘tdi AQSh moliya vaziri Jyek Lyu.

Top