10:43 / 18.09.2015
2296

BMT: “Boko Haram” faoliyati tufayli qariyb 1,5 mln bola Nigeriyani tark etgan

“Boko Haram” jangarilar guruhi qilmishlari sababli taxminan 1,5 mln bola Nigeriyani tark etishga majbur bo‘lgan, deya xabar bermoqda Reuters BMTning YUNISEF bolalar jamg‘armasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Hujumlar davom etayotgani tufayli 500 ming nafarga yaqin bola va o‘smirlar so‘nggi besh oy ichida o‘z uylarini tashlab, qo‘shni mamlakatlarda tashkil etilgan lagerlarda yashamoqda.

Qayd etilishicha, 1,2 mln bola Nigeriyani mamlakatning shimoliy chegaralari orqali tark etgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘prog‘i hali 5 yoshga to‘lmagan. Yana taxminan 265 ming bola Kamerun, Chad va Nigerdan boshpana topgan.

Top