10:32 / 18.09.2015
3271

"Borussiya" va "Krasnodar" o‘yini tomoshabinlar ko‘p kelishi bo‘yicha Yevropa Ligasida rekord o‘rnatdi

Yevropa Ligasining S guruhidan joy olgan jamoalar, Dortmundning "Borussiya" va Kubanning "Krasnodar" jamoalari bahsini tomosha qilish stadionga uchun 55 200 muxlis tashrif buyurdi. Bu orqali guruh bosqichlaridagi turnir rekordi o‘rnatildi, deb ma'lum qilinadi UYeFAning rasmiy saytida.

Ma'lum qilinishicha, dortmundliklar "Shalke" tomonidan 2011-12 yillar mavsumida o‘rnatilgan rekordni (53 123 tashrif) yangilashgan.

Qayd etilishicha, Yevropa Ligasidagi o‘yinni eng ko‘p miqdordagi muxlis tribunada turib tomosha qilishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 2015 yilning 19 martida, "Dinamo" (Kiyev) va "Everton" jamoalari bahsida kuzatilgan. Turnirning pley-off bosqichida o‘tkazilgan bu o‘yinni ko‘rish uchun 67 553 kishi stadionga kelgandi.

Top