Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: Federal zaxira tizimning qarori O‘zbekistonning eksportdan daromadini tushirib yuboradi
Chorshanba kuni AQSh federal zaxira tizimining ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi asosiy foiz stavkasini oshirish to‘g‘risidagi tashabbusni qabul qilmadi, bu darhol jahon fond bozorlariga ta'sir o‘tkazdi.
Stavka 2008 yildan buyon 0-0.25 foiz yillik to‘lov darajasida qolmoqda.
RF FA iqtisodiyot instituti postsovet davlatlari iqtisodiy rivojlanishi sektori mudirasi, Markaziy Yevrosiyo bo‘yicha mutaxassis Yelena Kuzmina Sputnik agentligiga bergan intervyusida bu qaror O‘zbekistonga qanday ta'sir ko‘rsatishini gapirib berdi.
Ekspertning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston milliy valyutasi kursi uglevodorodlar va metallar narxiga bevosita bog‘liqdir.
Ayni paytda esa yuqoridagi voqea tufayli oltin narxi tezlik bilan oshib bormoqda. Shu bilan birga, mis narxi teskari dinamika namoyon qilmoqda.
Bundan tashqari, o‘zbek so‘miga birinchi navbatda mintaqaviy omillar ta'sir o‘tkazadi. Bular orasidan eng muhimlari bo‘lib rubl va yuanning o‘zgaruvchanligi qolmoqda. Shu bilan birga, Kuzminaning ishonishicha, tanga kursining beqarorlashuvi so‘mga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi.
Ayni paytda O‘zbekiston Xitoy bilan birga jamg‘armalar tashkil qilmoqda, ular milliy valyutalarda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ekspertning ta'kidlashicha, bunday ishlar butun Yevrosiyoda olib borilmoqda.
Federal zaxira tizimning qarori O‘zbekistonning eksportdan daromadini tushirib yuboradi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik ishchilar Rossiyadan yuborayotgan pullar ham so‘m kursiga ta'sir o‘tkazmoqda.