Sport | 08:11 / 18.09.2015
2818
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasi. «Krasnodar» safarda «Borussiya»dan mag‘lub bo‘ldi

17 sentabr kuni Yevropa ligasi guruh bosqichi doirasida Rossiyaning "Krasnodar" klubi safarda Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

Pavel Mamayev 12-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ammo birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Ginter hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Pak Chju Xo g‘alaba to‘pini kiritib, "Borussiya"ga uch ochko olib berdi.

Yevropa ligasi
"S" guruhi, 1-tur
Borussiya D – Krasnodar 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Mamayev, 1:1 – 45 Ginter, 2:1 – 90 Pak Chju Xo.
Borussiya D – Vaydenfeller, Papastatopulos, Xummels, Shmeltser (Kagava, 46), Pak Chju Xo, Kastro (Vaygl, 61), Gyundogan, Mxitaryan, Yanuzay, Ginter, Obameyang (Ramos, 72).
Krasnodar – Dikan, Sigurdsson, Strannberg, Yendjyeychik, Grankvist, Odil Ahmedov, Petrov, Pereyra (Laborde, 60), Kabore (Gazinskiy, 70), Mamayev (Ari, 81), Smolov.
Ogohlantirishlar: Kabore (8), Yendjyeychik (20), Laborde (73), Kagava (80), Gyundogan (85).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish