Jahon | 09:40 / 18.09.2015
1421
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada poyezdlar harakati ish tashlashlar sababli bekor qilindi

Juma, 19 sentabr kuni Finlyandiyada hukumatning inqirozga qarshi taklif etayotgan choralariga qarshi umumdavlat ish tashlashlari e'lon qilindi. Natijada poyezdlar harakatining katta qismi bekor qilindi.

Shu tufayli butun mamlakat bo‘ylab ichki va xalqaro poyezdlar qatnovlari to‘xtatilgan. Ish tashlashlar tugashi bilan odatdagi qatnovlar odatdagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan avvalroq Finlyandiya avtomobilchilari va transport ishchilari kasaba uyushmalari, qog‘oz sanoati kasaba uyushmalari va o‘qituvchilar kasaba uyushmalari hukumatning ish sharoitlarini og‘irlashtirishga qaratilgan rejalariga qarshi noroziligini ish tashlashlar bilan bildirilishini e'lon qilgan edi.

Mamlakat hukumati esa ta'til uchun to‘lovlarni bekor qilish yoki ish kunini 20 daqiqaga uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish