Jamiyat | 15:56 / 18.09.2015
4432
1 daqiqa o‘qiladi

Gollivud “Do‘stlar”ni barcha zamonlarning eng yaxshi seriali deb atadi

The Hollywood Reporter nashri Gollivud kino mahsulotlarini tayyorlashga aloqador 2,8 ming kishi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ulardan o‘zlarining sevimli seriali nomini aytish so‘raldi.

So‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, NBC telekanali tomonidan 1994 yildan 2004 yilgacha efirga uzatilgan “Do‘stlar” seriali birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda esa AMS telekanalida 2008-2013 yillarda namoyish etilgan “Bor kuch bilan” dramasi egalladi. Uchinchi bo‘lib esa Fox telekanalining 1993 yildan 2002 yilgacha ekranlar yuzini ko‘rgan “Maxfiy ma'lumotlar” seriali tilga olindi.

Shuningdek, birinchi o‘nlikdan “Taxtlar o‘yini”, “Saynfeld”, “Soprano to‘dasi”, Saturday Night Live, “Men Lyusini sevaman”, “Aqldan ozganlar” va “Simpsonlar” serillari o‘rin egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish