18:16 / 18.09.2015
2044

Ispaniya hukumati narkosavdogarlardan yarim tonna kokainni tortib oldi

Ispaniya hukumati narkosavdogarlar tarmog‘ini fosh qilib, ulardan yarim tonna kokainni olib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Mamlakat Fuqaro gvardiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, qo‘lga olinganlarning 4 nafari ispan bo‘lsa, yana uch nafari Argentina, bir nafardan Daniya, Paragvay va Britaniya fuqarolaridir. Giyohfurushlarni qo‘lga olish amaliyoti bir vaqtning o‘zida Ispaniyaning to‘rtta hududida olib borildi.

Jinoyatchilar giyohvand moddalarni Janubiy Amerikadan okean orqali turli xildagi kemalarda Ispaniyaga olib kelishgan.

Huquq himoyachilari jinoyatlar ortidan Fuqaro gvardiyasi agentlari 2015 yil iyun oyida mamlakat shimolidagi Saragosa provinsiyasida ikki avtomobildan 100 kg dan kokain moddasini qo‘lga olganidan so‘ng tushishgan edi.

Top