09:23 / 18.09.2015
5064

Jarohat olgan ziyoratchilar Saudiya qiroliga minnatdorchilik bildirdi

Makka shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli turli darajada jarohat olgan ziyoratchilar ularga moddiy yordam ko‘rsatilishi borasidagi farmon uchun Saudiya Arabistoni qiroli Salmonga minnatdorchilik bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Makka shahrida sodir bo‘lgan voqea 111 kishi halok bo‘lib, yana ko‘plab insonlar jarohat oldi. Qirolning farmoni bilan halok bo‘lganlarning oilalariga 1 mln riyol, jarohat olganlarga esa 500 ming riyol moddiy yordam puli to‘lanadigan bo‘ldi.

Top