01:23 / 18.09.2015
8364

KUN.UZ dayjesti: 17 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Farg‘onaning Qorajiyda qishlog‘ida uch ming kishiga ikki ming velosiped to‘g‘ri keladi>>

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qorajiyda qishlog‘ining uch ming fuqarosidan ikki ming nafari — velosiped haydovchilari hisoblanadi.

Qustanay viloyati hokimining ismi Putinning diqqatini tortdi>>

16 sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahriga Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi tashrif buyurdi va XII Rossiya va Qozog‘iston mintaqaviy hamkorligi forumida ishtirok etdi

Xitoyda ulkan yer osti okeani topildi>>

Tarim botig‘ida tadqiqot olib borayotgan olimlar yer ostida nihoyatda ulkan suv zaxiralari mavjud ekanini aniqlashdi

Obama qo‘lbola soat yasagan o‘smirni Oq uyga taklif qildi>>

AQSh prezidenti Barak Obama qo‘lbola soat yasagani uchun o‘qituvchilari tomonidan politsiyaga topshirilgan o‘smirni Oq uyga mehmonga taklif qildi

Fukusima yaqinida mutant baliq tutildi>>

Yaponiyada, bir vaqtlar texnogen fojia sodir bo‘lgan Fukusima qirg‘oqlarida dengizchi o‘ta g‘alati va qo‘rqinchli baliqni tutib oldi. Olimlarning taxmin qilishicha, bu baliq radiatsion avariya “mahsuli”dir.

Saudiyalik erkak Hajga uchinchi marta piyoda boradi>>

Shu kunga qadar ikki marta piyoda Hajga qilgan saudiyalik erkak yaqinda uchinchi shunday safarni yakunlamoqda

Dunyodagi ilk 8K televizorining narxi 133 ming dollar bo‘ladi>>

Sharp kompaniyasi davstlabki 8K televizorlarining savdoga chiqarilish muddatlarini e'lon qildi

"Paxtakor" Vadim Abramovga minnatdorchilik bildirdi>>

Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklagandi. Shundan so‘ng, "Paxtakor" jamoasi bunga o‘z rasmiy saytida munosabat bildirgan

Ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi>>

Xitoyning Lyaonin provinsiyasi Panshan uyezdida yasalgan ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 2015 yil 12 sentabr kuni mazkur tovada krab dengiz qisqichbaqasi tayyorlandi

Xo‘jayinidan "kechirim so‘rayotgan" kuchuk internetda mashhur bo‘ldi>>

Internet foydalanuvchilari Ettore laqabli jonivorning o‘z egasi oldida o‘zini aybdordek va qilgan ishi uchun afsuslanayotgan qiyofada tutishi tasvirlangan videolavhani qayta-qayta tomosha qilishmoqda

Top