O‘zbekiston | 12:05 / 18.09.2015
2981
1 daqiqa o‘qiladi

LG CNS Uzbekistan O‘zbekistonda quyosh panellarini ishlab chiqaradi

Yangi tashkil etilgan LG CNS Uzbekistan o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda quyosh panellarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap News Agency axborot agentligi ma'lum qildi.

“Shu bilan bir qatorda, muassasa xalqaro talablarga javob beruvchi IT-mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari bilan ham shug‘ullanadi”, – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq 14 sentabrdan boshlab o‘tkazilayotgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda “LG CNS Uzbekistan” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Qo‘shma korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish, qurilmaviy-dasturiy majmualarni o‘rnatish va tatbiq qilish, “Elektron hukumat” va iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun loyihaviy va texnik hujjatlashtirishni shakllantirishdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish