18:32 / 18.09.2015
4484

Lukashenko: Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi YeIIga muammo tug‘dirmoqda

Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkiloti bilan oxirgi kelishuvlari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga jiddiy muammo tug‘dirmoqda, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

“Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkiloti bilan oxirgi kelishuvlari, ular kelishgan bojxona to‘lovlari bizning yagona iqtisodiy ittifoqimizning ishlashiga real muammo tug‘dirmoqda. Biz Qozog‘iston ushbu tashkilot bilan qilgan ishlariga moslashishga majburmiz, lekin bu oson bo‘lmaydi”, - dedi u Rossiya va Belarus mintaqalarining ikkinchi forumidagi chiqishida.

“Ular bojxona to‘lovlarini tushirishdi, endi ularning mahsulotlari Rossiya va Belarus bozorlariga oqib kirishi mumkin, - so‘zida davom etdi Lukashenko. – Deyarli barcha korxonalar XST va Qozog‘iston siyosati zarbasiga uchramoqda”.

Top