Jahon | 15:38 / 18.09.2015
3594
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo va Rossiyadan 5 mingdan ziyod kishi IShID tomonidan jang qilmoqda

Markaziy Osiyo va Rossiyadan 5 mingdan ziyod kishi IShID tomonidan jang qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning yarmidan ko‘prog‘i — 2600 nafarga yaqini Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 27-yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanganidek, turli mamlakatlar, shu jumladan, ShHTga a'zo mamlakatlar fuqarolarini o‘z domiga ilintirishga bo‘lgan urinish IShID jangarilar guruhining eng xavfli jihatlaridan hisoblanadi.

“Buning xavfli jihati shundaki, Markaz guruh tomonidan turli yo‘llar bilan chaqirib olingan fuqarolar o‘qitilib, maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi va mamlakatlarimizga qayta yuboriladi”, – dedi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktorining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda IShID jangarilari soni taxminan 30 ming nafarni tashkil etadi. Iroq hukumati esa ularning 200 mingdan ziyod ekanini ma'lum qilgan. Jangarilar safida dunyoning 80dan ziyod davlatlari, jumladan, Fransiya, Britaniya, Germaniya, Marokash, Saudiya Arabistoni, AQSh, Kanada, MDH mamlakatlari fuqarolari jang olib bormoqda. Ayrim manbalarda keltirilishicha, jangarilar bugungi Iroqning 40, Suriyaning esa 50 foiz hududini egallab olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish