Jamiyat | 18:07 / 18.09.2015
5835
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada uch yashar qizni o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

2015 yilning 17 sentabr kuni Moskva shahar sudi 3 yashar qizni va uning onasini o‘ldirgan 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Umrbek Ibragimovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Moskva shahar prokuratura matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, jinoyatchi mazkur jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Manbada yozilishicha, Umrbek Rossiya hududida hech qanday ro‘yxatga olinishlarsiz yashab kelgan va hech qayerda ishlamagan.

2014 yilning 22 iyul kuni Ibragimov o‘zining 42 yoshli ayol tanishini uyida boshiga 11 marotaba bolg‘a bilan urib jarohatlagan, undan keyin uning uch yashar qizini ham shunday usulda o‘ldirgan.

Jabrlanuvchilarning telefoni va fotoapparatini olgan jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan. Chaqaloq voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, uning onasi shifoxonaga yotqizilganiga qaramay, ikki oydan keyin kasalxonada o‘ziga kelmasdan halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish