Jahon | 23:43 / 18.09.2015
4662
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada va Moskva viloyatida Qurbon hayiti namozini 39 ta joyda ado etish mumkin bo‘ladi

Moskva va Moskva viloyatida musulmonlar 24 sentabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan Qurbon hayiti namozini 39 ta joyda – Moskvada 5 ta, Moskva viloyatida esa 34 ta joyda ado etishlari mumkin bo‘ladi, deb 18 sentabrda Rossiya muftiylar kengashi matbuot xizmatida ma'lum qilindi

Namoz ibodatini an'anaviy ravishda Moskvadagi Istoricheskiy (tarixiy), Memorialniy (yodgorlik) va Soborniy (jome') masjidlarida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Moskva hukumati bayram namozini amalga oshirish uchun ikkita maxsus maydonchalarni taqdim qiladi. Bu Janubiy Butovadagi “Izumrudniy” jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish markazi yonidagi chodir va Nagatinskiy Zatondagi maydonchadir. Namoz bir soat davom etadi, biroq turli joylarda soat 6.30 dan 9.00 gacha oraliqda turli vaqtlarda boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish