Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov: "Krasnodar" "Borussiya"ga qarshi o‘yinda oldinga o‘ta olmadi
O‘zbekiston terma jamoasi hamda "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi guruh bosqichi dastlabki turida "Borussiya D"ga qarshi kechgan uchrashuv (1:2) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uchrashuvni yaxshi boshlagan edik, ammo, o‘yin so‘nggida faqat himoyalanishga majbur bo‘ldik. Oxirgi daqiqalarda esa alamli gol o‘tkazib yuboridik. Asosiy vazifamiz raqib futbolchilarini jarima maydonchaga kiritmaslikdan iborat edi, biroq "Borussiya D" kuchli jamoa. Ularning himoyasi ham ancha mustahkam o‘ynadi", deydi Odil Ahmedov R-Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvning 93-daqiqasida Pak Chju Xo "Borussiya D"ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.