Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK 2020 yilga qadar neft narxi 80 dollargacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti neftning yiliga o‘rtacha 5 dollardan ko‘tarilib, 2020 yilga kelib 80 dollargacha yetishini prognoz qilmoqda, deb xabar bermoqda tashkilotning ichki tahliliy materiallariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.
Bu hujjatlarga ko‘ra, tashkilotga kirmaydigan davlatlardan neftning yetkazib berilishi avvalroq taxmin qilingandan ko‘ra kamroq oshib boradi. Bunday davlatlar ishlab chiqaradigan neft hajmi 2017 yilda kuniga avval taxmin qilingandek 59 mln emas, balki 58,2 mln barrelni tashkil qiladi.
Joriy past narxlar bu yoqilg‘iga taklifning kamayishini keltirib chiqaradi va sohaga investitsiyalar kiritilishini rag‘batlantirmaydi, deyilmoqda hujjatda. Shu bilan birga neft qolgan yoqilg‘ilarga nisbatan narxlarning o‘zgarishiga kamroq darajada ta'sirsandir. Kartel ekspertlari AQSh va Kanadada neft taklif qilinishi qisqarishiga ahamiyat qaratishmoqda.